BAKALAVR-XONANDANING XONANDALIK KO’NIKMA VA MAHORATLARINI MUSTAHKAMLASH OMILLARI
MAXFUZA KARIMOVA
Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti dotsenti
Keywords: maqomlar, Shashmaqom, ko‘nikma, mahorat, ashulalar
Abstract
Maqom xonandaligi” yo‘nalishiga qabul qilingan talaba bilan amaliy mashhg‘ulot boshlashdan avval, uning musiqiy savodxonligi, ijro mahorati, imkoniyat darajasi, ijrochilik ko‘nikmalari professor-o‘qituvchi tomonidan sinovdan o‘tishi lozim. Shuningdek, uning maqom san’ati bo‘yicha tasavvuri, o‘zbek milliy maqom san’atining boshlang‘ich nazariyasi, xonandaning musiqiy tafakkuri, nota o‘qish ko‘nikmasi, ijodiy qiziqishlarini suhbat asosida hamda amaliy ravishda tekshirish maqsadga muvofiq. Har bir talabaning ijro mahorati, imkoniyati va ko‘nikmalari turlichan. Bu jarayon kelgusida talaba bilan sog‘lom ijodiy muloqotni yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi. Маqolada xonandalik bo‘yicha ko‘nikmalarni mustahkamlash omillari tadqiq etilgan.