MIFOLOGIK TAFAKKURNING XUSUSIYATLARI: RATSIONLISTIK VA SENSUALISTIK YONDASHUVLAR
ALLAYAROVA MARHABO MAVLONOVNA
Uz-Fin Pedagogika instituti dotsenti
Keywords: Mif, mifologiya, sotsiologik, simvollik, strukturalistik, badiiy –estetik, idrok etish, “madaniyat dunyosi” , regulyativ, konstitutiv, his-tuyg‘ular, asotir, afsona, xalq og‘zaki ijodi.
Abstract
mazkur maqolada mifologiya insoniyatning ilk borliq haqidagi badiiy, diniy va falsafiy qarashlarining sintezi ekanligi va unga doir turlicha ratsionlistik va sensualistik yonashuvlar tahlil qilingan. Mifologiya insonning borliqni badiiy –estetik idrok etishning usuli sifatida yuzaga kelganligi tadqiq etilgan. Insonning madaniyat dunyosi uning simvollik faoliyatining natijasidirki, mazkur faoliyat insonning tug‘ma xususisyati hisoblanadi. Binobarin, miflar ham inson simvolik faoliyatining mahsulidir. Mifik asotirlarda xalq og‘zaki badiiy ijodida uning badiiy didi va qarashlari aks etadi, bu insonning ma’naviy madaniyatining simvolik shakli va bunda til hamda san’at belgilovchi mavqeini belgilaydi.