INSON VA TABIAT UYG‘UNLIGINING EKZISTENSIAL TAHLILI
SAMANOVA SHAKHLO BOKHTIYAROVNA
Doctor of philosophy, Associate professor Head of the Department “National idea and philosophy” UrSPI
Keywords: tabiat, inson, jamiyat, ekzistensiya, muvozanat, begonalashuv, axloq, ma’naviyat, antroposentrizm, taraqqiyot.
Abstract
Ushbu maqola ekologik beqarorlikning murakkablashuvi va globallashuvi jarayonlarida inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatlarining o‘ziga xos xarakteri, ularning uyg‘unligi masalalari tahliliga qaratilgan. Inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatlarning begonalashuvi gnoseologiya va falsafaning manbaidir. Inson va tabiat o‘rtasidagi begonalashuv va qarama-qarshilik birinchi navbatda tafakkur va tushunchada namoyon bo‘ladi. Bu qarama-qarshilikning sabablarini saralash va mulohaza yuritishda odamlar doimo diqqatini inson subyekt ongining uyg‘onishi va kengayishiga, antropotsentrizmning paydo bo‘lishiga qaratadi. Shu nuqtai nazardan, tabiat rivojlanish qonunlari va inson kamolotida ma’naviy-axloqiy mezonlarning ekzistensial tahlili yoritilgan.