THE IMPORTANCE OF THE PHILOSOPHY OF LANGUAGE IN THE DEVELOPMENT OF THE EDUCATIONAL SYSTEM
DJAVOTOVA OHISTA DJAMOL QIZI
Doctoral student at Samarkand State University
Keywords: tafakkur, mantiq, tarbiya, zamonaviylik
Abstract
Inson hayotining ajralmas, atributiv elementlaridan biri til hisoblanadi. Til nafaqat inson hayoti, tafakkuri va faoliyati taraqqiyotiga, balki, butun bir jamiyat va davlat rivoji uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Til muloqot vositasi bo‘lib kishilarning ilmiy dunyoqarashi, falsafiy tafakkuri, bilish qabiliyati, nazariy bahs olib borish san’ati, mantiqiy fikrlash tarzini shakllantirishning fundamental asosi hisoblanadi. Vaholanki, inson dunyoga kelishi bilanoq uni his-tuyg‘ularini yetkazib berishning eng oddiy, eng daslabki vositasi til sanaladi. Til inson hayotida oddiylikdan murakkablik tomon rivojlanib, takomillashib, boyib boradi. Tilning mazkur takomillashuvi jarayonida ijtimoiy muhit, shu jumladan, ta’lim va tarbiya sistemasi muhim ahamiyat kasb etadi.